Qaror ijrosi yuzasidan sakkizta yangi yo`nalish ochildi

01.11.2021

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 8 oktabrdagi “Hududlarda jamoat transporti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 630-sonli qarori 1-ilovasi, ya`ni “2021 - 2022 yillarda qishloqni tuman markazi bilan, tuman markazini viloyat markazi bilan bogʼlaydigan yangi avtobus yoʼnalishlarini tashkil etishning maqsadli parametrlariga” asosan Samarqand viloyatida 2021 yilda 10 ta (shundan: 1 ta shahar, 8 ta shahar atrofi va 1 ta shaharlararo viloyat ichki) va 2022 yilda 20 ta (shundan: 2 ta shahar, 16 ta shahar atrofi va 2 ta shaharlararo viloyat ichki) yangi avtobus yoʼnalishlarini tashkil etish belgilangan.

Qaror ijrosi boʼyicha 2021 yilda Samarqand viloyatida jami 8 ta avtobus yoʼnalishlari tashkil etildi, jumladan 5 ta shahar atrofi, 2 ta shaharlararo (249-raqamli “Bulungʼur АBB-Farmontepa qishlogʼi”, 201-raqamli “Bulungʼur АBB-Tigʼiriq qishlogʼi”, 378-raqamli “Yangijoy mahallasi-Samarqand tuman tibbiyot birlashmasi”, 535-raqamli “Sarigul-Toz-Samarqand АBB”, 389-raqamli “Sherqoʼrgʼon-Nogaxon-Shoxi Zinda”, 421-raqamli “Urgut АBB-Nisbot-Zambarak”, 429-raqamli “Urgut АBB-Tegana qishlogʼi” va 1165-raqamli “Zarmitan-Qoʼshrabot-Toshkent”). Shundan 2 tasi “Bulungʼur АBB-Farmontepa qishlogʼi” va 201-raqamli “Bulungʼur АBB-Tigʼiriq qishlogʼi” shahar atrofi avtobus yoʼnalishlarida yoʼlovchilar oqimi pastligi sababli, avtobus oʼz xarajatlarini qoplamasdan toʼxtab qolishga majbur boʼlgan.

2022 - 2024 yillarda viloyatdagi tashuvchilarning harakat tarkibini avtobus va mikroavtobuslarni sotib olishga talabini aniqlab, korxonalar kesimida tarmoq jadvali ishlab chiqildi. Tarmoq jadvaliga asosan 2022-2024 yillarda jami 479 ta avtobus va mikroavtobus sotib oladigan korxonalar aniqlandi. Jumladan 2022 yilda 239 ta, 2023 yilda 114 ta va 2024 yilda 126 ta.

Kelgusi yildan boshlab reja asosida avtobus va mikroavtobuslarni yangilab borish yoʼlga quyiladi.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati