Qaror ijrosi yuzasidan targ`ibot ishlari olib borildi

Samarqand viloyati transport boshqarmasi hamda viloyat IIB YHXB xodimlari hamkorlikda Nurobod tumanidagi aholi gavjum nuqtalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 7 maydagi “Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyatini tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borishmoqda.
Unda noqonuniy yo‘lovchi tashishning oqibatlari, berilgan imkoniyatdan unumli foydalangan holda faoliyatni qonuniylashtirish, aholiga transport xizmati ko‘rsatishda belgilangan tartib-qoidalarga amal qilish masalalariga alohida urg‘u berilmoqda.
Samarqand viloyati transport boshqarmasi yo`lovchi tashish bilan noqonuniy shug`ullanayotgan barcha haydovchilardan faoliyatini qonuniylashtirishini so`rab qoladi.
Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati