QO`SHMA REYD TADBIRLARI


Samarqand viloyati transport boshqarmasi hamda IIB YHXB xodimlari hamkorlikda yo‘nalishsiz taksilarda xizmat sifatini oshirish, ularga qo‘yilgan talablar ijrosi yuzasidan nazorat tadbirlari olib borishmoqda. Unda asosan avtotransport vositalarining texnik jihatlari, ichki va tashqi tomondan tozaligi, yo‘lovchi tashishga ruxsat beruvchi va transport vositasiga tegishli hujjatlarning mavjudligi o‘rganilmoqda.
Qo‘shma-reyd tadbirlari davomida litsenziya talab va shartlarini bajarmaslik holatlari aniqlanganda “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarida tekshirishlar o‘tkazish borasidagi faoliyatiga “xavfni tahlil etish” tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablaridan kelib chiqib, tegishli tartibda ma’lumotnomalar rasmiylashtirilmoqda.
O‘tkazilgan o‘rganishlar davomida litsenziyasiz faqatgina yo‘l varaqasi bilan faoliyat olib borayotgan transport vositalir ham aniqlandi. Ularga tegishli tartibda bayonnomalar rasmiylashtirilib, transport vositalari vaqtinchalik saqlash maydonchasiga qo‘yildi.
Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati