Qoida buzgan jarima to‘laydi

30.04.2024

#Munosabat

Joriy yilning 29-aprel sanasida Samarkand&Самаркандцы telegram kanalida 71-raqamli “Siyob ABB - So‘g‘diyona istirohat bog‘i” shahar avtobus yo‘nalishida harakatlanuvchi, davlat raqami belgisi 30/598 YAA hamda 30/593 YAA bo‘lgan transport vositalarining haydovchilari tomonidan sodir etilgan qoidabuzarlik yuzasidan murojaat tarqaldi.

Albatta, e’tirozlar o‘rinli. Yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatilishi lozim.

Yuqorida raqamlari qayd etilgan avtobus haydovchilariga tashuvlarda yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol tarzda buzganligi uchun viloyat IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Shiningdek, 71-raqamli “Siyob ABB - So‘g‘diyona istirohat bog‘i” shahar avtobus yo‘nalishida xizmat ko‘rsatuvchi “Samarqand Hamkor trans” MCHJ rahbariyati totmonidan har ikkala haydovchiga intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.