Qonun ustuvorligini ta‘minlash yo‘lida

#Jarayon
Viloyat transport boshqarmasi tomonidan IIB YHXB bilan hamkorlikda tashuvlarni nazorat qilish borasida o‘tkazilayotgan qo‘shma reyd tadbirlari davomida yuk tashish qoidalarini qo‘pol ravishda buzish holatlari ham uchrab turibdi.
Samarqand viloyati “Yuqori nuqta” yo‘l patrul xizmati maskanida O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatga olinmagan tirkamalarda yuk tashish holatlari aniqlanib, ularga belgilangan tartibda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Qo‘shma reyd tadbirlari davom etmoqda.
Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati