Qo‘shma reyd tadbirlari olib borildi

Yo‘lovchi tashish tizimini tartibga solish maqsadida viloyat transport boshqarmasining “Avtomobil tashuvlarini nazorat qilish bo‘limi” hamda viloyat IIB JXX YHXB inspektorlari hamkorligida qo‘shma reyd tadbirlari olib borildi.
Unda avtotransport vositalarini texnik soz holatda tegishli meyoriy hujjatlarni rasmiylashtirgan holda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish, shuningdek, yo‘l-harakati qoidalariga qat’iy rioya etish masalalariga e’tibor qaratildi.
Reyd tadbirlari davomida litsenziyasiz yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxslarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-iyuldagi "Avtotransport vositalarini boshqarishda va yo‘nalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish to‘g‘risida"gi qarori yuzasidan huquqiy tushuncha berib o‘tildi.
Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati