Quyi yangi qishloqdan Temiryo‘l vokzaligacha...

18.08.2022

 

Samarqand tumani Quyi yangi qishlog‘ini Samarqand shahri bilan bog‘lovchi yangi shahar atrofi avtobus yo‘nalishi sinov tariqasida ochildi.

 

Ushbu 203-raqamli shahar atrofi avtobus yo‘nalishi Quyi yangi qishloq, Qorasuv, O‘zbekkenti, Yangiobod, Temiryo‘lchilar mahallasi orqali “Gagarin” va “Rudakiy” ko‘chalari bilan Temiryo‘l avtoboshbekatiga qadar harakatlanadi.

 

Viloyat transport boshqarmasi xodimlari hamda mahalla faollari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muhokama chog‘ida avtobus harakatining muntazamligini ta’minlash maqsadida aholi o‘rtasida keng targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilishi kelishib olindi.

 

Mazkur yo‘nalishda “Alishox trans servis” MCHJ avtobuslari xizmat ko‘rsatadi.

 

Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati