Ramazon hayiti kuni jamoat transporti soat 4.00 dan ish boshlaydi

09.04.2024

Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan aholiga qulayliklar yaratish, fuqarolar Hayit namozini ado etishlari uchun masjidalarga o‘z vaqtida yetib olishlari maqsadida ertaga, 10-aprel kuni jamoat transporti o‘z harakatini soat 4.00 dan boshlaydi. Shiningdek, 10-aprel kuni soat 04:00 dan 10:00 ga qadar yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi.