Sadriddin Ayniy ko‘chasi bo‘ylab avtobus harakati yo‘lga qo‘yildi

22.08.2023

 

Bugungi kunga qadar, 73-raqamli “Temiryo‘l ABB - Siyob ABB” shahar avtobus yo‘nalishi Registon maydoni orqali harakatlanib kelgan.

Aholidan kelib tushayotgan murojaatlar asosida mazkur yo‘nalishdagi avtobuslar harakat chizmasiga o‘zgartirish kiritildi. Endilikda, 73-raqamli “Temiryo‘l ABB - Siyob ABB” shahar avtobus yo‘nalishida harakatlanuvchi transport vositalari Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Abdurahmon Jomiy, Universitet xiyoboni, Registon, Umar Hayyom, B.Hamidov, Sadriddin Ayniy, Panjakent nomli ko‘chalar orqali Siyob ABBda yo‘nalishni yakunlaydi.

Yo‘nalishda “Abbos Bagir” MCHJga tegishli avtobuslar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.