“Samarqand Ipak Yo‘li” savdo majmuasiga kelayotgan fuqarolarga qulayliklar yaratish maqsadida shahar atrofi yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari uchun oxirgi bekat “Yangi Shodiyona” MCHJ hududiga yo‘naltirildi

“Samarqand Ipak Yo‘li” savdo majmuasiga kelayotgan fuqarolarga qulayliklar yaratish maqsadida shahar atrofi yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari uchun oxirgi bekat “Yangi Shodiyona” MCHJ hududiga yo‘naltirildi.
Bunda yo‘lovchilarning yo‘nalishlardagi transport vositalariga xavfsiz yetib olishlari, avtomobil yo‘lining talab darajasida ekanligi hamda yo‘nalishni qonunchilikda belgilangan harakat xavfsizlik talablariga javob berishi hisobga olindi.
Yangi tashkil qilingan oxirgi bekatda har bir yo‘nalishdagi avtotransport vositasi uchun alohida yo‘lak tashkil qilingan. Haydovchilarning dam olish soatlarini to‘g‘ri tashkil qilish maqsadida barcha qulayliklarga ega alohida xona ajratildi. Eng muhimi savdo majmuasidan xaridini amalga oshirgan fuqarolar xavfsiz holatda o‘z yo‘nalishidagi transport vositasiga chiqadi. Bu bilan nafaqat tirbandlikning oldi olinadi, balki xaridor-yo‘lovchilarning ham xavfsizligi ta’minlanadi.
Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati