Samarqand shahar avtobus yo‘nalishlari ochiq elektron tenderda!

27.11.2023

 Samarqand shahar avtobus yo‘nalishlarini biriktirish bo‘yicha elektron tarzda ochiq tender o‘tkaziladi.

Navbatdagi ochiq tender joriy yilning 28-dekabr kuni soat 17.00da bo‘lib o‘tadi.

Tenderga qo‘yilgan lotlar:

 

Yo‘nalish raqami

Yo‘nalish nomi

Yo‘nalish turi

Shahar avtobus yo‘nalishlari

1. 

3

Gulbog‘ mahallasi – Konigil mahallasi (М39 a/y)

avtobus

2. 

7

Yangi hayot mahallasi – So‘g‘diyona istirohat bog‘i

avtobus

3. 

17

So‘lim shaharchasi – Ehtiyot qismlar bozori – Samarqand tola

avtobus

4. 

20

Obod maskan mahallasi – Sho‘rboyi mahallasi (M-39 a/y)

avtobus

5. 

22

Navbog‘ mahallasi – Pistamozor mahallasi

avtobus

6. 

27

Temiryo‘l ABB – Obod maskan mahallasi

avtobus

7. 

31

Sil kasalliklar shifoxonasi – Aziz kafe (M-37 a/y)

avtobus

8. 

37

Yerteshar qishlog‘i – Temiryo‘l ABB

avtobus

9. 

55А

Siyob bozor – Sho‘rboyi mahallasi

avtobus

10. 

55В

Siyob bozor – Davlatobod MFY

avtobus

11. 

64

Sattepo maskani – Sho‘rboyicha mahallasi

avtobus

12. 

66

SamDAQU – Badal mahallasi

avtobus

13. 

70

Sattepo maskani – O‘rmon xo‘jaligi‘

avtobus

14. 

74

Sattepo maskani – Cho‘pon-ota avtovokzal

avtobus

15. 

87

Sattepo maskani – Universitet xiyoboni

avtobus

16. 

99

1-son shahar shifoxonasi – Samarqand tola

avtobus

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 738-sonli qarori talablariga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOMga muvofiq:

- Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;

- Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).

Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB Ipoteka bank Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.

Tender takliflari elektron tarzda belgilangan vaqtgacha topshirilishi ma'lum qilinadi.

Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

Tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi Samarqand viloyati transport boshqarmasi.

Ma'lumot uchun telefon: (+99871)  202-05-00(234).