Samarqand shahar ko‘chalarida qo‘shma reyd tadbirlari

Yo‘lovchi tashishga qo‘yilgan talablar ijrosi hamda sohada qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida Samarqand shahar ko‘chalarida qo‘shma reyd tadbirlari olib borilmoqda.
Unda viloyat transport boshqarmasi hamda IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan aholiga transport xizmatini ko‘rsatuvchi yo‘nalishli va yoʻnalishsiz taksilarning texnik holati hamda meyoriy hujjatlari ko‘zdan kechirildi.
Tegishli litsenziyaga ega bo‘lmasdan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish holatlari aniqlanganda belgilangan tartibda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib borilmoqda.