Samarqand shahrida 17 ta yo‘nalish faoliyati vaqtincha to‘xtab qolgan

01.12.2021

Joriy yilning 1-dekabr holatiga viloyatda 395 ta yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari, ya’ni 206 ta avtobus va 189 ta yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari mavjud. Shundan 332 ta yo‘nalishda 731 ta avtobus, 2021 ta Damas va mikroavtobuslar aholiga transport xizmati ko‘rsatib kelmoqda. 63 ta yo‘nalish faoliyati vaqtincha to‘xtab qolgan. Buning sababi ushbu yo‘nalishlar past rentabelli yo‘nalish hisoblanib, harakatdagi transport vositalari o‘z sarf-xarajatlarini qoplamaganligi sababli tadbirkorlar tomonidan to‘xtatilgan.

Samarqand shahrida mavjud 61 ta yo‘lovchi tashish yo‘nalishlaridan bugungi kunda 40 ta avtobus yo‘nalishlarida 387 ta avtobus va 2 ta yo‘nalishli taksi yo‘nalishida 28 ta mikroavtobuslar xizmat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, qolgan 17 ta yo‘nalish faoliyati vaqtincha to‘xtab qolgan.

Shahar atrofida 296 ta yo‘nalish mavjud bo‘lib, 118 avtobus va 178 ta yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari mavjud. Hozirda 17 ta yo‘nalish past rentabelli bo‘lgani uchun to‘xtagan. Ushbu yo‘nalishlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-oktabrdagi “Hududlarda jamoat transporti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 630-son qarorida ko‘rsatilgan imtiyozlar asosida qayta tiklash choralari ko‘rilmoqda.

Shaharlararo viloyat ichki yo‘nalishlarida 38 ta yo‘nalish mavjud bo‘lib, bular 31 ta avtobus hamda 7 ta yo‘nalishli taksi yo‘nalishlaridir. Shundan 9 ta avtobus va 5 ta yo‘nalishli taksi yo‘nalishi vaqtincha vaqtincha to‘xtab qolgan.

2021-yilning 1-dekabr holatiga Samarqand viloyatida 560 ta litsenziat 677 ta litsenziya asosida faoliyat yuritmoqda va ularda jami 9422 ta litsenziyalangan avtotransport vositalari bor.

Avtotransport vositalarini litsenziyalash borasida amalga oshirilgan ishlar:

Mavjud litsenziyalangan avtotransport vositalaridan - 731 ta avtobus, 145 ta mikroavtobus, 7856 ta yengil avtomobil, shulardan 5585 tasi yo‘nalishsiz taksi, 165 tasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 7 maydagi “Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyatini tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 5108-sonli qarori asosida yakka tartibda tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan jismoniy shaxslar, 329 tasi buyurtma asosida (shartnoma asosida, turizm, xizmatchi va x.k.)

Xalqaro yuk tashuvchi yo‘nalishlarda – 690 ta avtotransport vositalari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati