Samarqand shahrida 198 ta avtobus va 9 mikroavtobus yo‘nalishlarga chiqarildi

Bugun, 24-yanvar kuni viloyat miqyosida 1195 ta avtotransport vositasi yo‘lovchilar xizmatiga chiqarildi. Yo‘nalishlardagi transport vositalarining 329 tasi avtobus, 47 tasi mikroavtobus hamda 819 tasi Damas rusumli transport vositalaridir.
Jumladan, Samarqand shahrida yo‘lovchilarga transport xizmati ko‘rsatishni tashkillashtirish maqsadida 198 ta avtobus va 9 mikroavtobus yo‘nalishlarga chiqarildi.
Mazkur holatdan kelib chiqib, ba’zi yo‘nalishlardagi avtobuslarning harakatida uzilishlar yoki oraliq intervallarning uzgarishi kuzatiladi.
Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati