SAMARQAND SHAHRIDA 2022-2030 YILLARDA JAMOAT TRANSPORTI TARMOG‘INI RIVOJLANTIRISH BORASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGANGAN ISHLAR

06.01.2023

Viloyat matbuot uyida transport boshqarmasi tomonidan jurnalist va blogerlar hamda keng jamoat chilik uchukn matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston respublikasi Transport vaziligi, Samarqand viloyati hokimligi hamda “Simetra” xorijiy kompaniyasi hamkorligida ishlab chiqilgan transport jozibadorligini oshirish master rejasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan so‘z yuritildi.

SAMARQAND SHAHRIDA 2022-2030 YILLARDA JAMOAT TRANSPORTINI TARMOG‘INI RIVOJLANTIRISH

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi hamda “Simetra” xorijiy kompaniyasi hamkorligida ishlab chiqilgan Master-rejasining asosiy maqsadi hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha tadbirlarda maksimal samaradorlikka erishish uchun aniq mexanizm hamda holatni baholash vositasini yaratish, transport va jamoat transporti infratuzilmasini uyg‘unlashgan holda rivojlantirishning manzilli tadbirlarni ishlab chiqish hisoblanib, bunda quyidagilar nazarda tutilgan:

  • ubelgilangan chora-tadbirlar dasturiga muvofiq va jamoatchilik fikrini e’tiborga olgan holda transportning barcha turlarini barqaror rivojlanishini ta’minlash;
  • ushahar ko‘cha-yo‘l tarmog‘idan foydalanish samaradorligini oshirish;
  • ubarcha transport turlari va piyodalar harakatlanishi uchun xavfsiz va qulay sharoitlar yaratish;
  • utransport vositalari va piyodalarning harakatlanishi davridagi iqtisodiy yo‘qotishlarni kamaytirish;
  • utransportning atrof muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish;
  • uSamarqand shahar transport tizimini samarali rejalashtirish va boshqaruvni tashkil etish markazini ishga tushirish.

AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR

Samarqand shahar infratuzilmasini rivojlantirish xamda “Simetra” xorijiy kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Master rejada keltirilgan yo‘nalishlardan 41 ta yangi avtobus yo‘nalishlari, jumladan 8 ta magistral va 33 ta yetkazib beruvchi yo‘nalishlarni tashkil etish yuzasidan “Viloyatda ochilishi rejalashtirilayotgan yo‘nalishlarning harakat xavfsizligi talablariga muvofiqligini aniqlash bo‘yicha” komissiyasining xulosasi tasdiqlandi.

Shahar avtobus yo‘nalishlarining takrorlanish darajasini 40 foizga kamaytirish, Samarqand shahriga olib kelinishi belgilangan zamonaviy avtobus va elektrobuslar yuqorida keltirilgan yangi yo‘nalishlarga joylashtirilishi bilan Samarqand shahridagi mavjud 2 ta mikroavtobus hamda 20 dan ortiq avtobus yo‘nalishlari tugatiladi va qolganlari optimallashtiriladi.

Harakat tarkibini barcha qulayliklarga ega bo‘lgan zamonaviy katta va o‘rta sig‘imli avtobuslar bilan yangilash maqsadida shahar jamoat transporti yo‘nalishlariga katta sig‘imli “King Long” rusumli avtobuslar joylashtirilmoqda. Birinchi bosqichda keltirilgan 20 dona avtobuslar yangi tashkil etilgan M1 - raqamli “Temiryo‘l ABB - Aeroport”, M3-raqamli “Do‘stlik MFY - Boqiy shahar” va 30-raqamli “Qorasuv massivi-Toshkent MFY” shahar jamoat transporti yo‘nalishlarida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda.

Viloyati aholisi va Samarqandga tashrif buyuruvchi mehmonlarga qulay sharoit yaratish maqsadida Temiryo‘l vokzalini shahar markazi orqali Aeroport bilan bog‘lash uchun M1 raqamli yangi avtobus yo‘nalishi tashkil etilib, yangi zamonaviy avtobuslar joylashtirildi.

M3-raqamli “Do‘stlik MFY - Boqiy shahar” yo‘nalishi Samarqand shahri markazini Universitet xiyoboni, Amir Temur maqbarasi, Registon majmuasi hamda yangi tashkil qilingan Ipak yo‘li turizm markazini, ya’ni Boqiy shaharni o‘zaro bog‘laydi. Ushbu yangi yo‘nalishga ham zamonaviy avtobuslar joylashtirildi.

Bugungi kunda jamoat transportida shaharning bir nuqtasidan ikkinchisiga eng uzun yo‘nalish bo‘yicha uzog‘i bilan 30 daqiqada yetib borish tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida “SIMЕTRA” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Master rejaga muvofiq birinchi bosqichda Samarqand shahrining Bo‘stonsaroy va Ibn Sino nomli ko‘chalarida 5,5 km. masofada jamoat transporti uchun alohida yo‘laklarni tashkil etish yuzasidan viloyat Transport boshqarmasi, viloyat IIB JXX YHXB, shahar hokimligi va viloyat IIB JXX YHXB Maxsus ekspluatatsiya-montaj bo‘limi xodimlari ishtirokida ko‘cha yo‘nalishlari bo‘yicha talab etiladigan yo‘l belgilari va sarf-xarajat aniqlandi.

Mazkur ikkita ko‘chada loyihani amalga oshirish yuzasidan talab etiladigan mablag‘ni “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” respublika jamg‘armasidan ajratilishi uchun viloyat hokimligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi IIB JXD Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshqarmasiga murojaat etildi. Ushbu loyihani amalga oshirish yuzasidan mablag‘ ajratilishi kutilmoqda. Bugungi kunda mazkur ko‘chalarda jamoat transporti uchun yotiq chiziqlar chizilgan. Shuningdek, talab etiladigan mablag‘ ajratilishi bilan yo‘l belgilari va qo‘shimcha svetofor (shlyuz)lar o‘rnatiladi.

Shahar jamoat transporti yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatib kelayotgan tashuvchilar uchun har bir yo‘lovchini tashish xarajati va cheklangan tarif o‘rtasidagi tafovut avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi yordamida har bir tranzaksiya uchun qoplab berish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-oktabrdagi “Hududlarda jamoat transporti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2022-yil noyabr oyiga qadar shahar atrofi yo‘nalishlarida avtobusda yo‘lovchi tashuvchi korxonalarga jami 1 370 700,0 ming.so‘mlik subsidiya olish uchun hujjatlar mahalliy Kengashga taqdim etildi. Shundan 717 480,0 ming so‘m tashuvchilarga to‘lab berildi. Qolgan 450000,0 ming so‘mlik hujjatlar komissiya tomonidan rad etildi hamda 203220,0 ming so‘mlik qismi komissiya tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev huzurida 2022-yil 29-aprel kuni Samarqand shahrida jamoat transportini rivojlantirish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan taqdimot davomida Samarqand shahrida avtobusda yo‘lovchi tashuvchi korxonalarga yo‘lovchilarni tashishdan ko‘rilgan zararlarni qoplab berish vazifasi yuklatilgan edi. Bunda “ATTO” elektron to‘lov tizimi orqali to‘langan summadan ko‘rilgan zarar 2022-yil 1-noyabr holatiga 65754,0 ming so‘m pul mablag‘lari tashuvchilarga to‘lab berildi.

Viloyat hokimligining tegishli xati bilan 2022-2023-yillarda 50 km qulay, xavfsiz piyoda va velosiped yo‘laklarini qurish, tadbirkorlik subyektlari tomonidan 30 ta “Veloshering” joylarini bosqichma-bosqich tashkil etish hamda Samarqand shahriga shahar atrofi, shaharlararo viloyat-ichki va shaharlararo viloyatlararo yo‘nalishlaridan kirib keluvchi transportlar va yo‘lovchilar uchun qulayliklar yaratish maqsadida Samarqand halqa yo‘li Gulobod qo‘rg‘oni M-37 va A-378 Samarqand halqa yo‘li kesishmasida, M-37 Samarqand halqa yo‘li “Qunduzsufi” MFYda va M-39 Samarqand halqa yo‘li “Chumchuqli” MFY hududida avtoturargoh qurish yuzasidan yuqori turuvchi organlarga tegishli tartibda takliflar kiritildi.

Bugungi kunda viloyat Avtomobil yo‘llari boshqarmasi tomonidan shahar va shahar atrofi ko‘chalari bo‘ylab jami 178 km. veloyo‘laklari qurildi.

Viloyatdagi jami 163,5 km yo‘llarda qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilgan. Shahar ko‘chalari chorrahalarida o‘tkazuvchanlik qobiliyatini yuqori foizga oshirish bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek-Bo‘stonsaroy, Buyuk Ipak yo‘li - Spitamen shoh ko‘cha - Mirzo Ulug‘bek, Afrosiyob - M-37, Registon - Dahbed, Shohi Zinda - usta Umar Jo‘raqulov, Ali Qushchi - Ro‘ziboyev ko‘chalari kesishmalaridagi chorrahalarda o‘tkazuvchanlik qobiliyatini maqbullashtirish ishlari olib borildi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Samarqand viloyat hokimligi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasida umumiy qiymati 95,0 mln dollarlik “Samarqand shahar jamoat transporti uchun 350 ta elektr avtobuslar harid qilish hamda ular bilan bevosita bog‘liq infratuzilmani yaratish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha “Mandat maktub”i imzolandi.

Viloyat Transport boshqaramasi muassisligidagi “Samarqand yo‘lovchi trans” DKga Yevropa Tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan ajratiladigan kredit mablag‘lari hisobidan 350 dona elektrobuslarni olib kelish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, dastlabki 100 dona elektrobuslarni xarid qilish yuzasidan xalqaro tender jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Bugungi kunda Samarqand shahridagi barcha avtobuslar hamda tramvaylarga avtomatlashtirilgan transport to‘lov tizimi uchun “ATTO” validatorlari o‘rnatildi.

“Cho‘pon-ota” massivida “SXF GREAT CITY BUILDING” MCHJ tomonidan 6,0 ga yer maydonida shaharsozlik arxitektura loyihasi asosida zamonaviy Avtovokzal qurilishi boshlangan. Mazkur Avtovokzalni joriy yilning yakuniga qadar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Bulung‘ur tumanida bitta avtoboshbekat qurildi hamda Jomboy tumanida mavjud avtoboshbekat to‘liq rekonstruksiya qilindi.

Tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy-nazar jamoat transporti va yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan 1824 ta avtotransport vositalariga videoregistratorlar o‘rnatish belgilangan bo‘lib, bugungi kunda 1950 ta transport vositasiga videoregistrator o‘rnatildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2022-yil 16-sentyabrdagi “Shahar yo‘lovchilar transportida ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalarini berish yuzasidan davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qo‘yidagi ishlar amalga oshirildi:

Samarqand viloyati shahar va tumanlarida jamoat transportida bepul yurish huquqiga ega bo‘lgan yo‘lovchilarning soni to‘liq xatlovdan o‘tkazildi;

Jamoat transportida bepul yurish huquqiga ega bo‘lgan yo‘lovchilarni miqdori bo‘yicha reyestri ishlab chiqildi.

Shu jumladan Samarqand viloyati bo‘yicha jami 10048 nafar imtiyozli fuqaro aniqlangan bo‘lib, shundan amalda imtiyozdan foydalanuvchilar (guvohnoma olganlar) 2023-yil 1-yanvar holatiga 1034 nafarni tashkil etmoqda.

Amaldagi imtiyozli yo‘lovchilarning 298 nafari Samarqand shahrida, qolgan 736 nafari tumanlarda yashayotganligi aniqlandi. Mazkur imtiyozli yo‘lovchilarning 1 kunlik yo‘l kira xarajatlari (1400x2x1034) 2895,2 ming so‘mni, 1 oylik xarajatlari 86856,0 ming so‘mni, 1 yillik xarajatlari 1042272,0 ming so‘mni tashkil etishi hisoblab chiqildi.

UMUMIY MA’LUMOT

Joriy yilning 1-yanvar holatiga viloyatda 406 ta yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, shundan 205 tasi avtobus va 201 tasi yo‘nalishli taksi yo‘nalishlaridir.

Samarqand shahrida 64 ta yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari mavjud. Shundan 39 ta shahar avtobus yo‘nalishida 260 ta avtobus va 3 ta yo‘nalishli taksi yo‘nalishida 29 ta mikroavtobuslar xizmat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, qolgan yo‘nalishlar faoliyati vaqtincha to‘xtab qolgan.

Shahar atrofida 307 ta yo‘nalish mavjud bo‘lib, 119 avtobus yo‘nalishi va 188 ta yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari mavjud.

Viloyat hududidagi shaharlararo 35 ta yo‘nalish mavjud bo‘lib, shundan

27 tasi avtobus hamda 8 tasi yo‘nalishli taksi yo‘nalishlaridir.

MUROJAATLAR BILAN ISHLASH

2022-yil davomida boshqarmaga jami 730 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 545 tasi Virtual qabulxona orqali, 14 tasi elektron pochta orqali, 32 tasi yozma, 77 tasi og‘zaki va 3 tasi veb-sayt orqali. 230 ta murojaat qanoatlantirilgan bo‘lsa, 307 tasida murojaatchiga tushuntirish berilgan, qolgan 8 ta murojaat o‘rganish jarayonida.

Shuningdek, o‘tgan davr davomida boshqarmaga 59 ta to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat kelib tushgan. Shundan 17 ta murojaat qanoatlantirilgan, 42 ta murojaatchiga tushuntirish berilgan.

LITSЕNZIYALASH MASALALARI BO‘YICHA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TO‘G‘RISIDA

(20231yil 1-yanvar holatiga)

2023-yilning 1-yanvar holatiga Samarqand viloyatida 6596 ta litsenziat, shundan 378 ta yuridik va 6218 jismoniy shaxslar 6648 ta litsenziya asosida faoliyat yuritmoqda va ularda jami 14071 ta litsenziyalangan avtotransport vositalari bor.

Mavjud litsenziyalangan avtotransport vositalaridan - 632 ta avtobus, 169 ta mikroavtobus, 12317 ta yengil avtomobil, shulardan 3973 yuridik shaxslarga tegishli yo‘nalishsiz taksi, 6214 tasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 7 maydagi “Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyatini tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori asosida yakka tartibda tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan jismoniy shaxslar hamda 2022 yil         7 iyuldagi “Avtotransport vositalarini boshqarishda va yo‘nalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish to‘g‘risida”gi qarori asosida o‘zini o‘zi bagnd qilgan shaxslar, 2130 tasi DAMAS (yo‘nalishli taksi) rusumli transport vositalari.

Xalqaro yuk tashuvchi yo‘nalishlarda 953 ta avtotransport vositalari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

NOQONUNIY RAVISHDA YO‘LOVCHI TASHISHGA QARSHI QO‘SHMA RЕYD TADBIRLARI (2023-yil 1-yanvar holatiga)

2023-yil 1-yanvar holatiga viloyat IIB YHXB bilan hamkorlikda 809 marta qo‘shma reyd tadbirlari o‘tkazilishi natijasida jami 7300 ta avtomobil transportida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanish holatlari aniqlangan. Ularga belgilangan tartibda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun tegishli tartibda sudlarga yuborilgan.

Sudlarga yuborilgan ma’muriy huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha sudlar tomonidan jami 3 042 840.0 (uch milliard qirq ikki ming sakkiz yuz qirq ming) so‘m miqdorida jarima jazolari tayinlangan. Bundan tashqari, o‘tkazilgan reydlar davomida noqonuniy yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi transport vositalarining haydovchilaridan 3038 tasi faoliyatini qonuniylashtirgan.

TЕNDЕRLARNI TASHKIL QILISH

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2020-yil 24-avgustdagi Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek avtomobil transportida yo‘lovchi tashish xizmatlarini ko‘rsatish sohasida raqobat muhitini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qarori qabul qilingan edi. Ushbu qarorga asosan, shahar, shahar atrofi va shaharlararo-viloyat ichki yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarida ishlash huquqini olish uchun Ochiq tender tanlovlari elektron tarzda onlayn formatda bo‘lib o‘tmoqda.

Aholiga qulay bo‘lgan transport yo‘nalishlarini tashkil qilish maqsadida “Shahar, shahar atrofi va shaharlararo-viloyat ichki yo‘nalishlarida yo‘lovchilar tashishni tashkil etish komissiyasi” tomonidan 23 marta ochiq tenderlar o‘tkazildi. Unda jami 687 ta lotlar joylashtirilgan. Ushbu ochiq tenderda qatnashgan tadbirkorlik subyektlari yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarida ishlash huquqini olgan.

Takliflar kelib tushmagan yo‘nalishlar qayta tenderga qo‘yiladi.

Joriy yilning yanvar-dekabr oylarida 20 ta yangi yo‘nalishlar (8 ta avtobus va 12 ta yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari ) ochildi va 3 ta yo‘nalishlar (yo‘nalishli taksi)ni uzaytirish uchun buyruqlar chiqarilgan. Hozirgi kunda ushbu yo‘nalishlar hujjati tayyorlanib elektron tizimiga kiritilgan, ochiq elektron tenderlariga e’lonlar o‘tkazilib, tashuvchilar bilan kontraktlar tuzilgan.