Samarqand shahrida jamoat transportida yo‘lkira narxlari o‘zgardi

Samarqand shahar jamoat transportida tarif tizimini takomillashtirish to‘g‘risida
Viloyat hokimining QARORI
O‘zbekiston Respublikasining “Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida”gi Qonunining 12-, 16-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-59-son qarori ijrosini ta’minlash hamda Samarqand shahri jamoat transportida transport kartalaridan foydalanuvchi yo‘lovchilar qamrovini oshirish va tabaqalashgan tariflarni joriy etish orqali shahar yo‘lovchi transporti korxonalari moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining samaradorligini oshirish, shuningdek, aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida QAROR QILAMAN:
1. Viloyat transport boshqarmasining Samarqand shahri jamoat transporti tariflarini oshirish yuzasidan taklifi ma’qullansin.
2. Samarqand shahri hududida shahar yo‘lovchi transporti – avtobus, elektrobus va tramvaylarda qatnovlarni amalga oshirish uchun cheklangan tariflar miqdori bir yo‘lovchi uchun:
a) to‘lov naqd pul orqali amalga oshirilganda – 3 000 (uch ming) so‘m;
b) to‘lov transport va bank kartasi orqali amalga oshirilganda 1 martalik cheklangan tarif miqdori – 2 000 (ikki ming) so‘m etib belgilansin.
3. Quyidagilar:- qatnovlar soniga bog‘liq holda jamoat transportida transport kartalari orqali to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha tariflar miqdori 1-ilovaga;
- elektron to‘lov tizimlari (transport kartalari)dan foydalanilgan holda bir soat ichida bir yo‘nalishli yo‘lovchi transportidan boshqasiga o‘tish sonidan kelib chiqqan holda imtiyozli tariflar miqdori 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Samarqand shahri hokimligi (F.Umarov), viloyat transport boshqarmasi (R.Tojiyev) tegishli tashkilotlar bilan birgalikda ommaviy axborot vositalari, jamoatchilik vakillari va ekspertlarni jalb qilgan holda:
a) aholi orasida:
- yangi tashkil etiladigan jamoat transporti yo‘nalishlarining afzalligi, qulayligi, tezkorligi hamda muntazamligi;
- jamoat transportida elektron to‘lov tizimlaridan foydalanishning hamda tabaqalashtirilgan tariflarning afzalliklari va qulayliklari keng yoritilishini ta’minlasin;
b) tadbirkorlik sub’yektlari orasida “bosib o‘tilgan yo‘l” va “sifat” mezonlari bo‘yicha bajarilgan ishlar hajmidan kelib chiqqan holda jamoat transporti faoliyatini moliyalashtirishning yangi tizimi jozibadorligi va kafolatlangan biznesga aylanayotganligi yuzasidan brifinglar o‘tkazsin.
5. Viloyat hokimining o‘rinbosari (A.Shukurov), viloyat transport boshqarmasi (R.Tojiyev), Samarqand shahar hokimligi (F.Umarov):
Samarqand shahri jamoat transportida elektron to‘lov tizimi keng joriy etilishini inobatga olgan holda aholining yetarli miqdorda transport kartalari bilan ta’minlanishini;
- shahar hududida transport kartalarini sotish shoxobchalarining tashkil etilishini;
jamoat transporti vositalari harakatini barcha yo‘nalishlarda kech soat 22:00 ga qadar, turistik yo‘nalishlarda esa 24 soat davomida amalga oshirilishini ta’minlasin.
6. Viloyat transport boshqarmasi (R.Tojiyev) mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, o‘n kun muddatda qonun hujjatlariga muvofiq yo‘lovchilarni tashuvchi tegishli tashkilot va korxonalar bilan tuzilgan shartnomalarga qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilishini ta’minlasin.
7. Viloyat televideniyesi (D.Ismatov), “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari tahririyati (F.Toshev)ga ushbu qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
8. Viloyat hokimining 2023 yil 6 sentyabrdagi “Samarqand shahar jamoat transportida tarif tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 246-7-0-Q/23-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan, deb hisoblansin.
9. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
10. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining o‘rinbosari A.Shukurov zimmasiga yuklatilsin.
Viloyat hokimi v.b. A.Boboyev
2025 yil 15 aprel, №123-7-0-Q/25
***
Qarorga 1-ilova
Qatnovlar soniga bog‘liq holda jamoat transportida transport kartalari orqali to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha tariflar MIQDORI
T/r |
Tarif rejalarini nomlanishi |
Tarif turlari (kun) |
Tarif rejalarining narxi, |
1. |
“Cheksiz” avtobus, elektrobus* |
1 |
7 000 |
5 |
34 000 |
||
7 |
47 000 |
||
10 |
67 000 |
||
15 |
101 000 |
||
20 |
135 000 |
||
30 |
200 000 |
||
90 |
578 000 |
||
180 |
1 030 000 |
||
365 |
1 927 000 |
||
2. |
“Cheksiz” avtobus, elektrobus, tramvay* |
1 |
8 000 |
5 |
46 000 |
||
7 |
65 000 |
||
10 |
92 000 |
||
15 |
139 000 |
||
20 |
185 000 |
||
30 |
277 000 |
||
90 |
788 000 |
||
180 |
1 447 000 |
||
365 |
2 715 000 |
Izoh*: Imtiyozli transport kartalaridan foydalanuvchilar (pensionerlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, talabalar, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, akademik litseylar, kasb-hunar maktablari, kollejlar hamda texnikumlar o‘quvchilari) uchun 50% chegirma qo‘llaniladi.
***
Qarorga 2-ilova
Elektron to‘lov tizimlari (transport kartalari)dan foydalanilgan holda bir soat ichida bir yo‘nalishli yo‘lovchi transportidan boshqasiga o‘tish sonidan kelib chiqqan holda imtiyozli tariflar MIQDORI
T/r |
Tarif rejalarini nomlanishi |
To‘lov tizimi |
Tarif rejalarining narxi, |
1. |
1 soatlik A+A+A+A |
Birinchi avtobusda to‘lov* |
2 000 |
Ikkinchi avtobusda to‘lov* |
1 000 |
||
Uchinchi va keyingi avtobuslarda to‘lov |
0 |
||
2. |
1 soatlik T+A+A+A |
Tramvayda to‘lov* |
2 000 |
Birinchi avtobusda to‘lov* |
1 000 |
||
Ikkinchi avtobusda to‘lov* |
1 000 |
||
Uchinchi va keyingi avtobuslarda to‘lov |
0 |
||
3. |
1 soatlik A+T+A+A |
Birinchi avtobusda to‘lov* |
2 000 |
Tramvayda to‘lov* |
1 200 |
||
Ikkinchi avtobusda to‘lov* |
1 000 |
||
Uchinchi va keyingi avtobuslarda to‘lov |
0 |
||
4. |
1 soatlik A+A+T+A |
Birinchi avtobusda to‘lov* |
2 000 |
Ikkinchi avtobusda to‘lov* |
1 000 |
||
Tramvayda to‘lov* |
1 200 |
||
Uchinchi va keyingi avtobuslarda to‘lov |
0 |
||
5. |
1 soatlik A+A+A+T |
Birinchi avtobusda to‘lov* |
2 000 |
Ikkinchi avtobusda to‘lov* |
1 000 |
||
Uchinchi avtobusda |
0 |
||
Tramvayda to‘lov* |
1 200 |
A - avtobus;
T - tramvay;
Avtobusning faqat old eshikdan chiqishga ruxsat etiladi.
Yo‘lovchi birinchi transportga chiqishdagi to‘lov qilingan (faqat transport kartasi orqali) vaqtdan boshlab hisob davri boshlanadi.
Bir soatlik tarifda tramvaydan faqat bir marta foydalanish tavsiya etiladi. Ikkinchi marta yangidan 60 minutlik hisob davri boshlanadi.
Izoh*: Imtiyozli transport kartalaridan foydalanuvchilar (pensionerlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, talabalar, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, akademik litseylar, kasb-hunar maktablari, kollejlar hamda texnikumlar o‘quvchilari) uchun 50% chegirma qo‘llaniladi.