Samarqand shahriga “King Long” rusumidagi 20 ta yangi avtobuslar olib kelindi

15.11.2022

Samarqand shahrida aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish, yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, shahar jamoat transporti tizimini takomillashtirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Viloyatda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan harakat tarkibini yangilagan holda yo‘lovchilarga qulay va xavfsiz xizmat ko‘rsatishni tashkil etish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, viloyatda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Maroqand trans 777” MCHJ Xitoy Xalq Respublikasining “King Long” avtozavodi bilan 80 dona avtobus sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishgan edi.

Bugun Samarqand shahriga ushbu avtobuslarning dastlabki 20 tasi olib kelindi. Yangi olib kelingan avtobuslar shahar ichi yo‘nalishlarida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishi rejalashtirilgan.