Samarqand tumani, "Rustam" mahallasida avtobus qatnovi yo`lga qo`yiladi

31.08.2021

 Samarqand tumani, “Rustam” mahallasida istiqomat qiluvchi Z.Ma’rupova hamda N.Qayumovlar viloyat hokimi E.Turdimovning Samarqand shahar “Vatanparvar” mahallasida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulida avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yishni so‘rab murojaat qilgan. Ushbu murojaat viloyat transport boshqarmasi xodimlari hamda “Rustam” mahallasi faollari ishtirokida o‘rganib chiqildi. Tomonlar dastlab ushbu hududda jamoat transportini harakatlanishi uchun xavfsizlik yetarli darajada ekanligini o‘rganishdi.

Muhokamada ham yo‘lovchilar uchun maqbul bo‘lgan yo‘nalish, ham tashuvchi korxona uchun zarar keltirmaydigan fikr o‘rtaga tashlandi. Unga ko‘ra, mahalla faollari joriy yilning 6-sentabridan boshlab 73-raqamli “Temiryo‘l ABB – Siyob ABB” shahar avtobus yo‘nalishida harakatlanuvchi avtotransport vositalari Samarqand tumani, “Rustam” mahallasigacha uzaytirilishi ma’lum qilindi.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati