Samarqand viloyati hududidagi shahar atrofi yo‘nalishli taksi yo‘nalishlarini biriktirish bo‘yicha elektron tarzda ochiq tender o‘tkaziladi

15.09.2023

Samarqand viloyati hududidagi shahar atrofi yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari bo‘yicha navbatdagi ochiq tender joriy yilning 17-oktabr kuni soat 17.00da bo‘lib o‘tadi.

 

Tenderga qo‘yilgan lotlar:

 

Yo‘nalish raqami

Yo‘nalish nomi

Yo‘nalish turi

Shahar atrofi yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari

 

1. 

SHYT- 216

Kattaqo‘rg‘on ABB - Ingichka qo‘rg‘oni

Yo‘nalishli taksi

2. 

SHYT- 218

Qo‘shrabot ABB - Jo‘sh qishlog‘i

Yo‘nalishli taksi

3. 

SHYT- 228

Oqtosh shahri – Kattaqo‘rg‘on ABB

Yo‘nalishli taksi

4. 

SHYT- 229

Kattaqo‘rg‘on ABB - Kattako‘rpa qishlog‘i

Yo‘nalishli taksi

5. 

SHYT- 232

Ishtixon shahri – Fayzobod qishlog‘i

Yo‘nalishli taksi

6. 

SHYT- 247

Ziyovuddin shaharchasi-Fay mahallasi (Paxtachi tumani)

Yo‘nalishli taksi

7. 

SHYT- 268

Ziyovuddin shaharchasi-Boltali qishlog‘i-Mirbozor ABB

Yo‘nalishli taksi

8. 

SHYT- 269

Qo‘shrabot ABB - Zarkent qo‘rg‘oni

Yo‘nalishli taksi

9. 

SHYT- 285

Ziyovuddin shaharchasi (Paxtchi tumani)-Mirbozor ABB

Yo‘nalishli taksi

10. 

SHYT- 286

Olmazor qishlog‘i -Dehqonobod bozori (Jomboy tumani)

Yo‘nalishli taksi

11. 

SHYT- 291

Jomboy shahri - Qiyot qishlog‘i

Yo‘nalishli taksi

12. 

SHYT- 302

Ulus qishlog‘i - Nurobod ABB

Yo‘nalishli taksi

13. 

SHYT- 303

Bulung‘ur ABB - Qorakamar qishlog‘i

Yo‘nalishli taksi

14. 

SHYT- 314

Jomboy dehqon bozori - Bulung‘ur ABB

Yo‘nalishli taksi

15. 

SHYT- 317

Oqsoy qishlog‘i - Nurobod ABB

Yo‘nalishli taksi

16. 

SHYT- 321

Chelak shahri - Yangiobod mahallasi

Yo‘nalishli taksi

17. 

SHYT- 337

No‘sh  qishlog‘i – Shayman qishlog‘i (Jomboy tumani)

Yo‘nalishli taksi

18. 

SHYT- 338

Xitoy qishlog‘i – Shayman qishlog‘i (Jomboy tumani)

Yo‘nalishli taksi

19. 

SHYT- 339

Nogaxon qishlog‘i – Shayman qishlog‘i (Jomboy tumani)

Yo‘nalishli taksi

20. 

SHYT- 357

“Juma ABB - Qorayantoq qishlogi”

Yo‘nalishli taksi

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 dekabrdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 738-sonli qarori talablariga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM”ga muvofiq:

- Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;

- Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).

Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi (99 000 so‘m) miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB “Ipoteka bank” Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.

Tender takliflari elektron tarzda belgilangan vaqtgacha topshirilishi ma'lum qilinadi.

Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

Tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ - O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Samarqand viloyati transport boshqarmasi.

 

Ma'lumot uchun telefon: (+99871)  202-05-00(234).