Samarqandda avtobus saroylari tarkibi yangilanmoqda

07.02.2024

Samarqand shahrida transport jozibadorligini oshirish hamda yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida “Dilshodtransservis” MCHJ tomonidan Xitoy Xalq Respublikasining CRRC zavodida ishlab chiqarilgan 10 ta yangi avtobus olib kelinganligi haqida xabar bergan edik.

“Dilshodtransservis” MCHJ tomonidan yana ushbu rusumdagi 5 ta avtobus olib kelindi. Ahamiyatlisi, ushbu avtobuslarda USB qurilmasi mavjud bo‘lib, telefon va planshetlarni quvvatlash imkoniyati yaratilgan.