Samarqanddan Toshkentga qo‘shimcha avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

03.03.2023

Avvali xabar berganimiz, Samarqand va Toshkent shahrini bog‘lovchi yo‘nalishda avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilgan edi. Ushbu yo‘nalishdagi avtobus 2022-yilning 18-iyul sanasidan boshlab yo‘lovchilarga xizmat qilib kelmoqda. Avtobuslarning jo‘nash vaqti soat 7.00 qilib belgilangan.

 

Aholining talab va takliflaridan kelib chiqib, joriy yilning 6-mart sanasidan boshlab yana bir qo‘shimcha qatnov yo‘lga qo‘yiladi. Endilikda Samarqand shahar, Temiryo‘l vokzali hududidan soat 9.00da ham Toshkent shahriga avtobuslar qatnovi amalga oshiriladi.

Toshkent shahridan esa 14.00 va 15.00 da Samarqandga yo‘l oladi.

 

Mazkur yo‘nalishdagi avtobuslar zaruriy talablar asosida jihozlangan bo‘lib, o‘ziga xos qulayliklarga ega. Marhamat foydalaning! Yo‘l kira narxi 48000 (qirq sakkiz ming) so‘m.

 

Batafsil ma’lumotlarni +998 90 198 05 33 raqamidan olishingiz mumkin.

 

Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati