“Samarqandyo‘lovchitrans” davlat korxonasiga rahbar tayinlandi

#Tayinlov
Samarqand viloyati transport boshqarmasi boshlig‘ining 2022-yil 2-avgustdagi tegishli buyrug‘i bilan Baxriyev Akpar Isomidinovich boshqarma muassisligidagi “Samarqandyo‘lovchitrans” davlat korxonasi direktori lavozimiga tayinlandi.
Baxriyev Akpar Isomidinovich 1973-yil Samarqand shahrida tug‘ilgan. Tayinlovga qadar “Samarqand MYBX” DUK direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi bo‘lib ishlagan.
Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati