Shahar atrofi avtobus va yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari uchun ochiq elektron tender!

26.02.2024

 Aholining jamoat transportiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish hamda uzoq hududlarni tuman va viloyat markazi bilan bog‘lash maqsadida quyidagi yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari ochiq elektron tenderga qo‘yildi. Yo‘lovchi tashish sohasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi barcha yuridik shaxslarni tenderda qatnashish uchun taklif etamiz.

Sohada shaffoflikni ta’minlash maqsadida tender ochiq elektron tarzda 2024-yil 29-mart kuni o‘tkaziladi. Unda qatnashish uchun https://e-tender.uztrans.uz/ elektron manzili orqali 2024-yil 28-mart kuni soat 17.00ga qadar yo‘nalishlarga taklif bildirish lozim.

Marhamat, tenderda qatnashing va sohada tadbirkorlik qilish orqali daromad ko‘ring.

Tenderga qo‘yilgan lotlar: 

 

Yo‘nalish raqami

Yo‘nalish nomi

Yo‘nalish turi

Shahar atrofi avtobus yo‘nalishlari

1. 

SHAY-202

Kattaqo‘rg‘on ABB – Oqtosh shahri

Avtobus

2. 

SHAY-225

Shohi Zinda ABB - G‘ubdin qishlog‘i (Bulung`ur tumani)

Avtobus

3. 

SHAY-262

Bulung‘ur elektr tarmoqlari - Beshqo‘ton qishlog‘i

Avtobus

4. 

SHAY-279

Bulung‘ur ABB - Mingtepa mahallasi

Avtobus

5. 

SHAY-301

Tibbiyot kolleji (Payariq tumani) - Shohi Zinda ABB

Avtobus

6. 

SHAY-316

Bulung‘ur ABB - Shohi Zinda ABB

Avtobus

7. 

SHAY-353

Jomboy tuman gaz - Shohi Zinda ABB

Avtobus

8. 

SHAY-465

Shohi Zinda ABB – “Navoiy” xo‘jaligi
(Bulung‘ur tumani)

Avtobus

9. 

SHAY-404

“Lazzat” choyxonasi (Payariq tumani) - Shohi Zinda ABB

Avtobus

Shahar atrofi yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari

10. 

SHYT-250

Angarolmos qishlog‘i – Kimyo zavodi

Yo‘nalishli taksi

11. 

SHYT-270

Ziyovuddin shaharchasi - Mirbozor ABB

Yo‘nalishli taksi

12. 

SHYT-271

Ziyovuddin shaharchasi - Go‘ro‘g‘li qishlog‘i

Yo‘nalishli taksi

13. 

SHYT-275

Ziyovuddin shaharchasi - Qirguli mahallasi

Yo‘nalishli taksi

14. 

SHYT-364

Siyob ABB - Pochvon qishlog‘i (Urgut tumani)

Yo‘nalishli taksi

15. 

SHYT-375

Xo‘ja qishlog‘i - Urgut ABB

Yo‘nalishli taksi

16. 

SHYT-383

Shayman bozori - G‘ubdin qishlog‘i

Yo‘nalishli taksi

17. 

SHYT-387

Nurobod ABB - Juma ABB

Yo‘nalishli taksi

18. 

SHYT-416

Ulug‘bek rasadxonasi - Urgut ABB

Yo‘nalishli taksi

19. 

SHYT-422

Sariqul mahallasi (16-maktab) - Nurobod ABB

Yo‘nalishli taksi

20. 

SHYT-459

Nurobod mahallasi - AYOQSH (Samarqand tumani)

Yo‘nalishli taksi

21. 

SHYT-474

Jartepa qishlog‘i - G‘ijduvon mahallasi

Yo‘nalishli taksi

Shaharlararo viloyat ichki yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari

22. 

SHYT-538

Jom qishlog‘i - Xo‘ja Ahrori Valiy ziyoratgohi

Yo‘nalishli taksi

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 738-sonli qarori talablariga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOMga muvofiq:

- Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;

- Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).

Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB Ipoteka bank Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.

Tender takliflari elektron tarzda belgilangan vaqtgacha topshirilishi ma'lum qilinadi.

Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

Tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Samarqand viloyati transport boshqarmasi.

Ma’lumot uchun telefon: (+99871) 202-05-00(234).