Shahar atrofi avtobus yo‘nalishlari ochiq elektron tenderda!

Yo‘lovchi tashish sohasida ishlash istagida bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari diqqatiga! Samarqand shahar atrofi avtobus hamda yo‘nalishli taksi yo‘nalishlariini biriktirish bo‘yicha elektron tarzda ochiq tender o‘tkaziladi.
Ochiq tender 2024-yilning 6-fevral kuni soat 17.00da bo‘lib o‘tadi.
Tenderga qo‘yilgan lotlar:
№ |
Yo‘nalish raqami |
Yo‘nalish nomi |
Yo‘nalish turi |
Shahar atrofi avtobus yo‘nalishlari |
|||
1. |
SHAY - 220 |
Bulung‘ur elektr tarmoqlari - Sariqipchoq qishlog‘i (10 - maktab) |
Avtobus |
2. |
SHAY - 224 |
Shohi Zinda ABB - So‘xmon qishlog‘i (Jomboy tumani) |
Avtobus |
3. |
SHAY - 238 |
Bulung‘ur ABB - Kaltepa mahallasi |
Avtobus |
4. |
SHAY - 269 |
Mirbozor ABB - Do‘rmon mahallasi |
Avtobus |
5. |
SHAY - 283 |
Juma ABB - Usku qishlog‘i |
Avtobus |
6. |
SHAY - 301 |
Payariq tibbiyot kolleji - Shohi Zinda ABB |
Avtobus |
7. |
SHAY - 308 |
Hazora ABB - Juma ABB |
Avtobus |
8. |
SHAY - 312 |
Juma ABB - Temiryo‘l qishlog‘i |
Avtobus |
9. |
SHAY - 316 |
Bulung‘ur ABB - Shohi Zinda ABB |
Avtobus |
10. |
SHAY - 325 |
Juma ABB - Parchaqora qishlog‘i |
Avtobus |
11. |
SHAY - 348 |
Xo‘ja qishloq - Juma ABB |
Avtobus |
12. |
SHAY - 355 |
Juma ABB - Tuqboy mahallasi |
Avtobus |
13. |
SHAY - 358 |
Juma ABB - Qorasuv qishlog‘i |
Avtobus |
14. |
SHAY - 369 |
Payariq ABB - Xalqobod qishlog‘i |
Avtobus |
15. |
SHAY - 378 |
Samarqand tuman shifoxonasi - Navro‘z qishlog‘i |
Avtobus |
16. |
SHAY - 395 |
Shohi Zinda ABB - Qoramo‘yin qishlog‘i (Jomboy tumani) |
Avtobus |
17. |
SHAY - 402 |
Temiryo‘l ABB - Imom al Buxoriy ziyoratgohi (Payariq tumani) |
Avtobus |
18. |
SHAY - 407 |
Urgut ABB - Beshkapa qishlog‘i |
Avtobus |
19. |
SHAY - 410 |
Juma ABB – Ilm mahallasi |
Avtobus |
20. |
SHAY - 477 |
Chelak shahri - Bozg‘ovul qishlog‘i |
Avtobus |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 738-sonli qarori talablariga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOMga muvofiq:
- Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;
- Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).
Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB Ipoteka bank Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.
Tender takliflari elektron tarzda belgilangan vaqtgacha topshirilishi ma'lum qilinadi.
Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.
Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.
Tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi Samarqand viloyati transport boshqarmasi.
Ma'lumot uchun telefon: (+99871) 202-05-00(234).