Shahar atrofi avtobus yo‘nalishlari uchun ochiq elektron tender!

03.04.2024

Yo‘lovchi tashish sohasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan barcha yuridik shaxslarni tenderda qatnashish uchun taklif etamiz.

Sohada shaffoflikni ta’minlash maqsadida tender ochiq elektron tarzda 2024-yil 7-may kuni o‘tkaziladi.

Unda qatnashish uchun https://e-tender.uztrans.uz/ elektron manzili orqali 2024-yil 6-may soat 17.00ga qadar yo‘nalishlarga taklif bildirilishi lozim.

Samarqand viloyati aholisini jamoat transportiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida quyidagi yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari ochiq elektron tenderga qo‘yildi.

Marhamat, tenderda qatnashing va sohada tadbirkorlik qilish orqali daromad ko‘ring.

Tenderga qo‘yilgan lotlar:  

Yo‘nalish raqami

Yo‘nalish nomi

Yo‘nalish turi

Shahar atrofi avtobus yo‘nalishlari

 

1. 

SHAY-209

Urgut yuqori masjid - Urgut ABB

Avtobus

2. 

SHAY-214

Mirbozor ABB - Sohibkor mahallasi (Narpay tumani)

Avtobus

3. 

SHAY-224

Shohi Zinda ABB - So‘xmon qishlog‘i (Jomboy tumani)

Avtobus

4. 

SHAY-238

Bulung‘ur ABB - Kaltepa mahallasi

Avtobus

5. 

SHAY-241

Ziyovuddin shaharchasi - Qarnabota qishlog‘i (Paxtachi tumani)

Avtobus

6. 

SHAY-251

Mirbozor ABB - Daraytut qishlog‘i (Narpay tumani)

Avtobus

7. 

SHAY-253

Kattaqo‘rg‘on ABB – Burgan qishlog‘i (Kattaqo‘rg‘on tumani)

Avtobus

8. 

SHAY-265

Shohi Zinda ABB – Oqqo‘rg‘on qishlog‘i – Chelak shahri

Avtobus

9. 

SHAY-269

Mirbozor ABB - Arabxona qishlog‘i (Narpay tumani)

Avtobus

10. 

SHAY-274

Mitan ABB - Ishtixon shahri - tuman IIB YHXB (Ishtixon tumani)

Avtobus

11. 

SHAY-275

Mitan qo‘rg‘oni - Kulchara mahallasi - Qayirma qishlog‘i (Ishtixon tumani)

Avtobus

12. 

SHAY-276

Mitan ABB – Chaqar qishlog‘i (Ishtixon tumani)

Avtobus

13. 

SHAY-278

Ishtixon shahri – Oxunboboyev qishlog‘i (Ishtixon tumani)

Avtobus

14. 

SHAY-283

Juma ABB - Usku qishlog‘i (Pastdarg‘om tumani)

Avtobus

15. 

SHAY-301

Tibbiyot kolleji (Payariq tumani) - Shohi Zinda ABB

Avtobus

16. 

SHAY-311

Juma ABB - Guliston mahallasi (Pastdarg‘om tumani)

Avtobus

17. 

SHAY-319

Shohi Zinda ABB - Ayg‘irbuloq qishlog‘i (Jomboy tumani)

Avtobus

18. 

SHAY-322

Shohi Zinda ABB - Xitoy mahallasi (Jomboy tumani)

Avtobus

19. 

SHAY-329

Juma ABB - Kichik buloq qishlog‘i (Pastdarg‘om tumani)

Avtobus

20. 

SHAY-337

Payshanba ABB - Kadan qo‘rg‘oni - Mirbozor ABB

Avtobus

21. 

SHAY-348

Xo‘jaqishloq - Juma ABB (Pastdarg‘om tumani)

Avtobus

22. 

SHAY-355

Juma ABB - To‘qboy mahallasi (Pastdarg‘om tumani)

Avtobus

23. 

SHAY-358

Juma ABB - Qorasuv qishlog‘i (Pastdarg‘om tumani)

Avtobus

24. 

SHAY-360

Juma ABB – Zormon qishlog‘i (Pastdarg‘om tumani)

Avtobus

25. 

SHAY-393

Shohi Zinda ABB - Yangiyo‘l mahallasi (Jomboy tumani)

Avtobus

26. 

SHAY-395

Shohi Zinda ABB - Qoramo‘yin qishlog‘i (Jomboy tumani)

Avtobus

27. 

SHAY- 402

Temiryo‘l ABB - Imom al Buxoriy ziyoratgohi (Payariq tumani)

Avtobus

28. 

SHAY-406

Hazrati Dovud ziyoratgohi (Nurobod tumani) – Temiryo‘l ABB

Avtobus

29. 

SHAY-407

Urgut ABB - Beshkapa qishlog‘i (Urgut tumani)

Avtobus

30. 

SHAY-418a

Nurobod ABB - Jom qishlog‘i (Nurobod tumani)

Avtobus

31. 

SHAY-438

Mirbozor ABB - Oybek mahallasi – Bo‘ston qishlog‘i (Narpay tumani)

Avtobus

32. 

SHAY-443

Sug‘onchi qishlog‘i (Oqdaryo tumani) – Shohi Zinda ABB

Avtobus

33. 

SHAY-445

Siyob ABB - Omonqo‘ton qishlog‘i (Urgut tumani)

Avtobus

34. 

SHAY-477

Chelak - Bo‘zg‘ovul qishlog‘i (Payariq tumani)

Avtobus

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 738-sonli qarori talablariga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOMga muvofiq:

- Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;

- Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).

Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB Ipoteka bank Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.

Tender takliflari elektron tarzda belgilangan vaqtgacha topshirilishi ma'lum qilinadi.

Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

Tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi Samarqand viloyati transport boshqarmasi.

Ma'lumot uchun telefon: (+99871) 202-05-00(234).