Shahar atrofi yo‘nalishlari ochiq elektron tenderda!

28.12.2023

 

Yo‘lovchi tashish sohasida ishlash istagida bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari diqqatiga! Samarqand shahar atrofi avtobus hamda yo‘nalishli taksi yo‘nalishlariini biriktirish bo‘yicha elektron tarzda ochiq tender o‘tkaziladi.

Ochiq tender 2024-yilning 1-fevral kuni soat 17.00da bo‘lib o‘tadi.

Tenderga qo‘yilgan lotlar:

 

Yo‘nalish raqami

Yo‘nalish nomi

Yo‘nalish turi

Shahar atrofi avtobus yo‘nalishlari

1. 

SHAY-202

Kattaqo‘rg‘on ABB – Oqtosh shahri

Avtobus

2. 

SHAY-211

Mirbozor ABB-Yulduz mahallasi (Narpay tumani)

Avtobus

3. 

SHAY-214

Mirbozor ABB-Soxibkor mahallasi

Avtobus

4. 

SHAY-225

Shohi Zinda ABB-Go‘bdin qishlog‘i (Jomboy tumani)

Avtobus

5. 

SHAY-227

Mirbozor ABB – Eshonqara qishlog‘i

Avtobus

6. 

SHAY-241

Ziyovuddin shahri-Qarnabota qishlog‘i (Paxtachi tumani)

Avtobus

7. 

SHAY-257

Mirbozor ABB-Guliston mahallasi

Avtobus

8. 

SHAY-279

Bulung‘ur ABB-Mingtepa mahallasi (Do‘stlik j/x)

Avtobus

9. 

SHAY-310E

Hazora ABB-Juma ABB

Avtobus

10. 

SHAY-311

Juma ABB-Guliston mahallasi

Avtobus

11. 

SHAY-342

Mirbozor ABB-Salovat ota qishlog‘i

Avtobus

12. 

SHAY-353

Jomboy tuman gaz-Shohi Zinda ABB

Avtobus

13. 

SHAY-367

Shohi Zinda ABB-Shayman dehqon bozori (Jomboy tumani)

Avtobus

14. 

SHAY-372

Juma ABB-Yangiqishloq qishlog‘i

Avtobus

15. 

SHAY-394

Kattaqo‘rg‘on ABB-Ishtixon shahri

Avtobus

16. 

SHAY-438

Mirbozor ABB-Oybek mahallasi – Bo‘ston qishlog‘i

Avtobus

17. 

SHAY-465

Shohi Zinda ABB-Eski Jomboy mahallasi-Navoiy mahallasi

Avtobus

18. 

SHAY-466

Juma ABB-Jom qishlog‘i-4 bo‘lim

Avtobus

 

 

Shahar atrofi yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari

 

1

SHYT-316b

Shohi Zinda ABB-Bulung‘ur ABB

Yo’nalishli taksi

2

SHYT-353

Jomboy shahri – Shohi ZindaABB

Yo’nalishli taksi

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 738-sonli qarori talablariga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOMga muvofiq:

- Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;

- Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).

Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB Ipoteka bank Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.

Tender takliflari elektron tarzda belgilangan vaqtgacha topshirilishi ma'lum qilinadi.

Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

Tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi Samarqand viloyati transport boshqarmasi.

Ma'lumot uchun telefon: (+99871)  202-05-00(234).