Shahar atrofi yo‘nalishlari uchun navbatdagi ochiq elektron tender!

26.12.2024

Hurmatli tadbirkorlar! Aholining jamoat transportiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida quyidagi yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari ochiq elektron tenderga qo‘yildi. Yo‘lovchi tashish sohasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan barcha yuridik shaxslarni tenderda qatnashish uchun taklif etamiz.

Sohada shaffoflikni ta’minlash maqsadida tender ochiq elektron tarzda 2025-yil 27-yanvar kuni o‘tkaziladi.

Unda qatnashish uchun https://e-tender.uztrans.uz/ elektron manzili orqali 2025-yil 26-yanvar kuni soat 17.00ga qadar yo‘nalishlarga taklif bildirilishi lozim.

Marhamat, tenderda qatnashing va sohada tadbirkorlik qilish orqali daromad ko‘ring.

Tenderga qo‘yilgan lotlar: 

 

Yo‘nalish raqami

Yo‘nalish nomi

Yo‘nalish turi

SHAHAR ATROFI YO‘NALISHLI TAKSI YO‘NALISHLARI

SHYT- 217

Yangibog‘ qishlog‘i - “Siyob ABB

Yo‘nalishli taksi

SHYT- 235

Qoshkoprik mahallasi - Gulobod eko agro logistika bozori

Yo‘nalishli taksi

SHYT- 244

Urgut avtostansiyasi - O‘roqboyjar qishlog‘i

Yo‘nalishli taksi

SHYT- 254

Fayzobod qishlogi - Siyob ABB

Yo‘nalishli taksi

SHYT- 270

Ziyovuddin qo‘rg‘oni – Mirbozor qo‘rg‘oni

Yo‘nalishli taksi

SHYT- 302

Ulus qishlog‘i - Nurobod avtostansiyasi

Yo‘nalishlitaksi

SHYT- 324

Agromir kolleji - Sartepa maskani

Yo‘nalishlitaksi

SHYT- 369

Payariq avtostansiyasi - Xalqobod qishlog‘i

Yo‘nalishli taksi

SHYT- 373

“Juma avtostansiyasi – Chandir qishlog‘i

Yo‘nalishli taksi

SHYT- 374

Ravot qishlog‘i - Siyob avtostansiyasi

Yo‘nalishlitaksi

SHYT- 375

Xo‘ja qishlog‘i -Urgut avtostansiyasi

Yo‘nalishlitaksi

SHYT- 434

Gulobod qo‘rg‘oni-Siyob avtostansiyasi

Yo‘nalishlitaksi

SHYT- 441

“Akmal mehmonxonasi - Quyi yangiqishloq

Yo‘nalishli taksi

SHYT- 449

Qoraariq qishlog‘i (Pastdarg‘om tumani) - Juma ABB

Yo‘nalishli taksi

SHYT- 450М

Gulobod eko agro logistika bozori - RIDKIATM Samarqand filiali

Yo‘nalishli taksi

SHYT- 453

Gazchilar mahallasi-Siyob avtostansiyasi

Yo‘nalishlitaksi

SHYT- 456

“Chaman mahallasi - Sartepa” maskani

Yo‘nalishli taksi

SHYT- 460

Sho‘rboyi mahallasi - Siyob avtostansiyasi

Yo‘nalishlitaksi

SHYT- 469

“Hazora avtostansiyasi - “Kamolot mahallasi

Yo‘nalishlitaksi

SHYT- 480

SamDAQU - Ipak yo‘li bozori

Yo‘nalishli taksi

SHAHARLARARO VILOYAT ICHKI AVTOBUS YO‘NALISHI

 

VH - 517

Kattaqo‘rg‘on ABB - “Hazora ABB

Avtobus

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 738-sonli qarori talablariga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOMga muvofiq:

- Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;

- Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).

Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB Ipoteka bank Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.

Tender takliflari elektron tarzda belgilangan vaqtgacha topshirilishi ma'lum qilinadi.

Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

Tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi Samarqand viloyati transport boshqarmasi.

Ma'lumot uchun telefon: (+99871) 202-05-00(234).