Shaharl atrofi yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari uchun ochiq elektron tender!

26.01.2024

Aholining jamoat transportiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish hamda uzoq hududlarni tuman va viloyat markazi bilan bog‘lash maqsadida quyidagi yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari ochiq elektron tenderga qo‘yildi. Yo‘lovchi tashish sohasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi barcha yuridik shaxslarni tenderda qatnashish uchun taklif etamiz.

Sohada shaffoflikni ta’minlash maqsadida tender ochiq elektron tarzda 2024-yil 1-mart kuni o‘tkaziladi. Unda qatnashish uchun https://e-tender.uztrans.uz/ elektron manzili orqali 2024-yil 29-fevral soat 17.00ga qadar yo‘nalishlarga taklif bildirish lozim.

Marhamat, tenderda qatnashing va sohada tadbirkorlik qilish orqali daromad ko‘ring.

Tenderga qo‘yilgan lotlar: 

Yo‘nalish raqami

Yo‘nalish nomi

Yo‘nalish turi

Shahar atrofi yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari

1. 

SHYT- 220

Sattepo maskani - Gulobod eko agro logistika bozori

Yo‘nalishli taksi

2. 

SHYT- 223

“Maroqand” neft ombori (Pastdarg‘om tumani) - Hazora ABB

Yo‘nalishli taksi

3. 

SHYT- 235

Qo‘shko‘prik mahallasi - Gulobod eko agrologistika bozori

Yo‘nalishli taksi

4. 

SHYT- 237

Madaniy yurish mahallasi – Hazora ABB

Yo‘nalishli taksi

5. 

SHYT- 254

Fayzobod qishlog‘i - Siyob ABB

Yo‘nalishli taksi

6. 

SHYT- 256

“Maroqand” bozori – Ohalik qishlog‘i

Yo‘nalishli taksi

7. 

SHYT- 277

Hazora ABB - Kammuna qishlog‘i

Yo‘nalishli taksi

8. 

SHYT- 305

Juma ABB – Beklar qishlog‘i

Yo‘nalishli taksi

9. 

SHYT- 357

Juma ABB - Qorayantoq qishlog‘i

Yo‘nalishli taksi

10. 

SHYT- 358

Juma ABB - Qorasuv qishlog‘i

Yo‘nalishli taksi

11. 

SHYT- 359

Juma ABB - Temiryo‘l qishlog‘i

Yo‘nalishli taksi

12. 

SHYT- 360

Juma ABB – Zormon qishlog‘i

Yo‘nalishli taksi

13. 

SHYT- 376

Siyob ABB – Butboy qishlog‘i (Toyloq tumani)

Yo‘nalishli taksi

14. 

SHYT- 378

Samarqand tuman shifoxonasi - Navro‘z qishlog‘i

Yo‘nalishli taksi

15. 

SHYT- 388

Loyish qo‘rg‘oni - Yangiqo‘rg‘on qishlog‘i (Oqdaryo tumani)

Yo‘nalishli taksi

16. 

SHYT- 403

Hazora ABB - Qorag‘uppa qishlog‘i (Pastdarg‘om tumani)

Yo‘nalishli taksi

17. 

SHYT- 433

Shohi Zinda ABB - Qorateri qishlog‘i (Oqdaryo tumani)

Yo‘nalishli taksi

18. 

SHYT- 447

Urgut ABB - Xalqobod qishlog‘i - Siyob ABB

Yo‘nalishli taksi

19. 

SHYT- 452

“Dom story” qurilish mollari do‘koni – Sartepo maskani

Yo‘nalishli taksi

20. 

SHYT- 461

Siyob ABB - Navoiy qishlog‘i (Urgut tumani)

Yo‘nalishli taksi

21. 

SHYT- 470

Hazora ABB – Charxin qo‘rg‘oni

Yo‘nalishli taksi

22. 

SHYT- 475

Juma ABB – Kammuna qishlog‘i.

Yo‘nalishli taksi

23. 

SHYT- 477

Ishchan qishlog‘i – Siyob ABB

Yo‘nalishli taksi

24. 

SHYT- 485

Siyob ABB - Sochak qishlog‘i (Toyloq tumani)

Yo‘nalishli taksi

25. 

SHYT- 487

Juma ABB - Qumariq qishlog‘i (Pastdarg‘om tumani)

Yo‘nalishli taksi

26. 

SHYT- 493

Urgut AYX – Samarqand tuman shifoxonasi

Yo‘nalishli taksi

27. 

SHYT- 496

Tong ko‘chasi - Temurbeklar maktabi

Yo‘nalishli taksi

28. 

SHYT- 497

So‘lim shaharchasi – Hazora ABB

Yo‘nalishli taksi

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 738-sonli qarori talablariga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOMga muvofiq:

- Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;

- Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).

Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB Ipoteka bank Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.

Tender takliflari elektron tarzda belgilangan vaqtgacha topshirilishi ma'lum qilinadi.

Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

Tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi Samarqand viloyati transport boshqarmasi.

Ma'lumot uchun telefon: (+99871) 202-05-00(234).