Shaharlararo viloyat ichki yo‘nalishli taksi hamda avtobus yo‘nalishlari ochiq elektron tenderda!

08.01.2024

Aholining jamoat transportiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish hamda uzoq hududlarni tuman va viloyat markazi bilan bog‘lash maqsadida quyidagi yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari ochiq elektron tenderga qo‘yildi. Yo‘lovchi tashish sohasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi barcha yuridik shaxslarni tenderda qatnashish uchun taklif etamiz.

Sohada shaffoflikni ta’minlash maqsadida tender ochiq elektron tarzda 2024-yil 13-fevral kuni o‘tkaziladi. Unda qatnashish uchun https://e-tender.uztrans.uz/ elektron manzili orqali 2024-yil 12-fevral soat 17.00ga qadar yo‘nalishlarga taklif bildirish lozim.

Marhamat, tenderda qatnashing va sohada tadbirkorlik qilish orqali daromad ko‘ring.

Tenderga qo‘yilgan lotlar: 

Yo‘nalish raqami

Yo‘nalish nomi

Yo‘nalish turi

Shaharlararo viloyat ichki yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari

1.

VHYT -532

Samarqand ABB – Qo‘shrabot ABB

Yo‘nalishli taksi

2.

VHYT-553e

Samarqand ABB – Ishtixon shaharchasi

Yo‘nalishli taksi

Shaharlararo viloyat ichki avtobus yo‘nalishlari

1

VH - 501

Hazora ABB - O‘rtabo‘z qishlog‘i (Nurobod tumani)

Avtobus

2

VH - 502

Hazora ABB - Olg‘a qishlog‘i (Nurobod tumani)

Avtobus

3

VH - 511

Ravot qishlog‘i (Qo‘shrabot tumani) - Samarqand ABB

Avtobus

4

VH – 514

Kattaqo‘rg‘on ABB - Tim qishlog‘i (Nurobod tumani)

Avtobus

5

VH -515

Mirbozor ABB - Shohi Zinda ABB

Avtobus

6

VH - 516

Hazora ABB – Ag‘ron qishlog‘i (Nurobod tumani)

Avtobus

7

VH - 520

Hazora ABB – Ulus qishlog‘i (Nurobod tumani)

Avtobus

8

VH - 522

Shohi Zinda ABB - Nurbuloq qo‘rg‘oni(Nurobod tumani)

Avtobus

9

VH - 529

Hazora ABB - Mirbozor ABB

Avtobus

10

VH -535

Sariqul qishlog‘i (Nurobod tumani) - Samarqand ABB

Avtobus

11

VH -537

Pangat qishlog‘i (Qo‘shrabot tumani) - Samarqand ABB

Avtobus

12

VH – 538

Shohi Zinda ABB - Jom qishlog‘i (Nurobod tumani)

Avtobus

13

VH - 541

Jush qishlog‘i (Qo‘shrabot tumani) - Samarqand ABB

Avtobus

14

VH -542

Quvkalla qishlog‘i (Qo‘shrabot tumani) - Samarqand ABB

Avtobus

15

VH - 545

Kattaqo‘rg‘on ABB - Jarquduq qishlog‘i - Nurobod ABB

Avtobus

16

VH -546

Urganji qishlog‘i (Qo‘shrabot tumani) - Samarqand ABB

Avtobus

17

VH - 547

Zarmitan qishlog‘i (Qo‘shrabot tumani) - Samarqand ABB

Avtobus

18

VH -548

Qovunchi qishlog‘i (Qo‘shrabot tumani) - Samarqand ABB

Avtobus

19

VH -549

G‘ujumsoy qishlog‘i (Qo‘shrabot tumani)- Samarqand ABB

Avtobus

20

VH - 551

Xasanbobo qishlog‘i (Qo‘shrabot tumani)-Samarqand ABB

Avtobus

21

VH - 557

Mayintepa qishlog‘i (Qo‘shrabot tumani) - Samarqand ABB

Avtobus

22

VH -558

Bozorjoy qishlog‘i (Qo‘shrabot tumani) - Samarqand ABB

Avtobus

23

VH - 561

Samarqand ABB - Payshanba ABB (Kattaqo‘rg‘on tumani)

Avtobus

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 738-sonli qarori talablariga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOMga muvofiq:

- Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;

- Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).

Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB Ipoteka bank Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.

Tender takliflari elektron tarzda belgilangan vaqtgacha topshirilishi ma'lum qilinadi.

Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

Tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi Samarqand viloyati transport boshqarmasi.

Ma'lumot uchun telefon: (+99871) 202-05-00(234).