Shartnoma shartlari muhokama qilindi

17.05.2024

Samarqand viloyati transport boshqarmasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB)ning “Yashil shaharlar” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan “Samarqand shahri uchun elektr avtobuslar xarid qilish hamda ular bilan bevosita bog‘liq infratuzilmani yaratish” loyihasi asosida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Xitoy Xalq Respublikasining yetakchi zavodlaridan sanalgan Yutong kompaniyasi hamda “Samarqandyo‘lovchitrans” DK o‘rtasida tuzilgan shartnoma shartlari muhokama qilindi.

Tomonlar tez orada quvvatlash uskunalarini o‘rnatish va elektrobuslarni belgilangan vaqtda Samarqand shahriga olib kelish bo‘yicha kelishuvga erishdi.