Sifatli transport xizmatini ko‘rsatish yo‘lida

01.04.2024

Yo‘lovchilardan kelib tushayotgan murojaatlarga o‘z vaqtida yechim topish hamda jamoat transportida xizmat sifatini oshirishi maqsadida transport boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyatda mavjud avtokorxonalarda o‘rganish ishlari yo‘lga qo‘yildi.
Xususan, “Samarqand hamkor trans” MCHJda korxonada mavjud avtobuslar ko‘zdan kechirildi. Unda avtobusning ichki va tashqi tomonidan tozaligi, o‘rindiqlarning yetarli darajada va ozodaligi o‘rganildi. Shuningdek, haydovchilar o‘rtasida kelib tushayotgan murojaatlar muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Muhokama chog‘ida yo‘lovchilarning e’tirozlariga sabab bo‘luvchi omillarga chek qo‘yish, jamoat transportida sifat darajasini oshirish zarur ekanligi ta’kidlandi.
Shu bilan birgalikda kasb etikasi, yo‘l harakati qoidalariga amal qilish, yo‘lovchilar bilan xushmuomalada bo‘lish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi