Sifatli va qulay xizmat ko‘rsatish muhokama etildi

Jamoat transportida xizmat sifatini oshirish, tashuvlarda yuqori natijalarga erishish maqsadida “Samarqand yo‘lovchi trans” DKda kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda jamoat transporti jozibadorligini yanada oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash borasida ishlarni yanada kuchaytirish lozim ekanligi qayd etildi. Shuningdek, korxonada ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, ijtimoiy tarmoqlarda bildirilayotgan e’tirozlarga o‘z vaqtida munosabat bildirish borasida fikr mulohazalar ham bildirildi.
-Asosiy maqsad haydovchi va yo‘lovchi o‘rtasida samimiy munosabatni shakllantirish va aholiga sifatli transport xizmatini ko‘rsatishdir, dedi “Samarqand yo‘lovchi trans” DK Otabek Abdullayev.
Elektrobuslar harakatini doimiy nazorat qilish, yo‘lovchilar manzillariga xavfsiz yetib borishlari borasida haydovchilar uchun muntazam ravishda tushuntirish ishlari olib borish kerakligi borasida mas’ullarga vazifalar belgilab berdi. Haydovchilarning ish unumdorligini oshirishda korxona imkoniylaridan kelib chiqib, ularni moddiy rag‘batlantirish lozimligi ta’kidlab o‘tildi.
“Samarqand yo‘lovchi trans” DK axborot xizmati