Sifatli xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish borasida targ‘ibot ishlari olib borildi

20.03.2024

Samarqand viloyati transport boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyatlararo yo‘nalishlarda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatuvchi transport vositalarining haydovchilari o‘rtasida aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish borasida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Unda yo‘l harakati qoidalariga jiddiy e’tibor qaratish, yolovchi tashish qoidalariga to‘liq riya qilgan holda harakatylanish hamda yo‘l kira narxini sun’iy ravishda oshirmaslik yuzasidan tushuntirish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil transportida nazorat Samarqand viloyat hududiy bo‘limi inspektorlari tomonidan viloyatda mavjud TIR PARKlardagi joriy holat o‘rganildi. Unda texnika xavfsizligi talablariga rioya etilishi, haydovchilarga yaratilgan shart-sharoitlar hamda ularning ish va dam olish vaqtiga amal qilishi ko‘zdan kechirildi.