Siyob avtoboshbekati hududidagi tirbandliklarning oldini olish maqsadida targʻibot ishlari yoʻlga qoʻyildi

Samarqand shahar, Panjakent koʻchasida, yaʼni Siyob avtoboshbekati hududidagi tirbandliklarning oldini olish maqsadida targʻibot ishlari yoʻlga qoʻyildi.
Bunda transport boshqarmasi hamda IIB JXX YHXB xodimlari hamkorlikda yoʻlovchi tashish bilan shugʻullanuvchi haydovchilarga avtomobil yoʻlida sunʼiy tirbandlikni keltirib chiqarmaslik, yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy rioya qilish boʻyicha tushuntirishlar bermoqda.
Yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlash uchun oraliq va soʻngi bekat sifatida avtoboshbekat hududidan foydalanish tavsiya qilinmoqda.