Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida turizm va transport sohasidagi mavjud muammolar va ularning yechimi bo‘yicha takliflarni shakllantirish maqsadida Savdo-sanoat palatasi raisi D.Vaxabov, biznes-ombudsman D.Qosimov, Soliq qo‘mitasi raisi Sh.Kudbiyev, Transport vaziri o‘rinbosari J.Choriyev, Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Jamoatchilik kengashi a’zolari hamda boshqa tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tmoqda.
Unda Samarqand shahrida aholiga avtobusda transport xizmati ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari ham ishtirok etib, o‘zlarini qiynab kelayotgan savollarga javob olish barobarida takliflarini ilgari surishdi.