Taksi haydovchilari uchun o`quv seminar tashkil etildi

19.07.2022

Yo‘lovchi tashish sohasi hamisha haydovchidan samimiylik va mahorat talab qiladi. Ana shu ikki xislatni o‘ziga singdirolgan haydovchi hamisha ardoqda.

 

Bugun “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universitetida yo‘nalishsiz taksi haydovchilari o‘rtasida haydovchilik madaniyatini oshirish, yo‘lovchilar bilan muloqotga kirishishda odob-axloq qoidalariga rioya qilish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

 

Unda Samarqand shahrida yo‘lovchilarga yo‘nalishsiz taksi xizmatini ko‘rsatayotgan haydovchilar qatnashdi. O‘quv seminar davomida tartib-intizom, tashqi ko‘rinishga ahamiyat berish, yo‘l harakati qoidalariga amal qilish, muloqotda samimiy bo‘lish, yuksak haydovchilik madaniyati ko‘rsata olish kabi mavzularda so‘z yuritildi.

 

Seminarda berilgan nazariy bilimlar interaktiv o‘yinlar orqali mustahkamlandi.

 

Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati