Tashuvchi korxonalar rahbarlari vazifador etildi

03.01.2024

#Munosabat

Bugun, 3-yanvar sanasida ijtimoiy tarmoqlarda shahar jamoat transporti yo‘nalishlarga chiqmaganligi yuzasidan murojaat tarqaldi.

Holat O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati Inspeksiyasi Avtomobil transportida nazorat Samarqand viloyat hududiy bo‘limi inspektorlari tomonidan o‘rganib chiqildi. Samarqand shahrida mavjud avtobus yo‘nalishlarining aksariyatida transport vositalari yo‘lovchilar xizmatiga chiqarilgan.

Hozirda barcha yo‘nalishlarda avtobuslar harakatini yo‘lga qo‘yish choralari ko‘rilmoqda. Holat qat’iy nazoratga olingan. Bunda viloyatda mavjud tashuvchi korxonalar rahbarlari yo‘nalishlarni avtobuslar harakati bilan ta’minlash yuzasidan vazifador etildi.