Tashuvlar yuzasidan fikrlar o‘rganilmoqda

24.01.2023

Ayni paytda boshqarma inspektorlari tomonidan viloyatlararo-shaharlararo yo‘nalishlarda harakatlanuvchi avtobuslarda tashuvchilarning litsenziya talab va shartlariga amal qilishi, tender kontrakti talablarining bajarishilishi yuzasidan nazorat olib borilmoqda.

 

Unda avtobuslarda taxograf, tender guvohnomasi, litsenziya varaqasi mavjudligiga e’tibor qaratish bilan birgalikda yo‘lovchilar bilan bevosita suhbat qilinib, tashuvlar yuzasidan ularning fikrlari o‘rganilmoqda. Bildirilgan takliflar o‘rganib chiqiladi hamda muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tashuvchilar vazifador qilinadi.

 

Nazorat tadbirlari davomida haydovchilarga yo`l harakati qoidalariga qat`iy amal qilish, asossiz ravishda yo`l kira narxlarini oshirmaslik bo`yicha tavsiyalar berib borilmoqda.

 

Samarqand viloyati transporti boshqarmasi Axborot xizmati