Tashuvlarda ko`rilgan zarar qoplanadi

27.04.2022

Samarqand viloyati transport boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-sentabrdagi “Umumiy foydalanishdagi transportda yo‘lovchi tashuvchilar faoliyatini hamda ularni moliyalashtirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risidagi”gi hamda 2021-yil 8-oktabrdagi “Hududlarda jamoat transporti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Seminar shaklida o‘tkazilgan yig‘ilishda transport, moliya hamda viloyat Davlat moliyaviy nazorati boshqarmalari mas’ullari yo‘lovchi tashish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari rahbarlariga qarorning mazmun-mohiyatini yana bir bor tushuntirib o‘tishdi.

Berilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish, talab qilinayotgan hujjatlarni o‘z vaqtida hamda to‘g‘ri to‘ldirilgan shaklda taqdim etish o‘ta muhimligi ta’kidlab o‘tildi. Tashuvlarda ko`rilgan zarar qanday hollarda qoplanishi yuzasidan tavsiyalar berildi.

         Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati