Tashuvlarda xavfsizlikni ta’minlash yuzasidan monitoring tadbirlari o‘tkazilmoqda

28.09.2022

 

Viloyatlararo-shaharlararo yo‘nalishlarda harakatlanuvchi avtobuslarni texnik va sanitar tomonlarini o‘rganish maqsadida viloyat transport boshqarmasi hamda IIB YHXB tomonidan “Yuqori nuqta” yo‘l patrul xizmati maskanida qo‘shma reyd tadbiri olib borilayapti.

 

Unda tashuvchilar tomonidan litsenziya talab va shartlariga qanchalik amal qilinishi, tender kontrakti talablarining bajarishlari monitoring qilinmoqda. Avtobuslarda taxograf, tender guvohnomasi, litsenziya varaqasi mavjudligiga, yo‘lga chiqishdan oldin avtotransport vositasining texnik va haydovchining tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi yuzasidan qaydlar mavjudligiga ham  e’tibor qaratilayotir.

 

Shuningdek, monitoring davomida boshqarma xodimlari yo‘lovchilar bilan bevosita suhbat qilib, tashuvlar yuzasidan ularning fikri bilan qiziqishmoqda.

 

Samarqand viloyati transporti boshqarmasi axborot xizma