Tashuvlarda xizmat sifatini oshirish borasida nazorat tadbirlari

Samarqand viloyati transport boshqarmasi hamda viloyat IIB YHXB xodimlari hamkorlikda yo‘nalishsiz taksilarga qo‘yilgan talablarning ijrosi yuzasidan nazorat tadbirlari olib borishmoqda. Unda narxlarni sun’iy ravishda oshirishga yo‘l qo‘ymaslik, sanitariya qoida va normalariga amal qilgan holda faoliyat yuritish masalalari har bir haydovchiga tushuntirilayapti. Bundan tashqari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 18 maydagi 139-sonli qarorida belgilangan talablar - avtotransport vositasining tepasiga o‘rnatilgan to‘q sariq rangli fonarga “TAXI” (plafon) tanish belgisi o‘rnatilganligi, shaxmat tartibida joylashtirilgan qora kvadratlardan iborat bo‘lgan kompozitsiya va avtotransport vositasining oldingi eshiklaridagi “T” harfining mavjudligi, avtotransport vositasining oldingi eshiklaridagi yuridik shaxs - tashuvchining nomi yozilganligi o‘rganilmoqda. Shuningdek, haydovchining familiyasi, ismi, otasining ismi va fotosurati, ish vaqtining boshlanishi va tugashi, tashuvchining manzili va telefon raqami, litsenziya kartochkasining raqami va amal qilish muddati to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlanganligi ham ko‘zdan kechirilmoqda.
Yuqoridagi talablarni buzgan, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilmagan, tegishli hujjatlarga ega bo‘lmasdan faoliyat olib borayotgan, haydovchilarga nisbatan dalolatnoma rasmiylashtirilayapti.
Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati