TЕGISHLI LITSЕNZIYAGA EGA BO‘LMASDAN YO‘LOVCHI TASHISHGA QARSHI O‘TKAZILAYOTGAN QO‘SHMA RЕYD TADBIRLARI

05.07.2022

2022-yil iyun oyida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bilan hamkorlikda 58 marta qo‘shma reyd tadbirlari o‘tkazildi. Natijada avtomobil transportida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanayotgan 647 nafar haydovchilar aniqlandi. Ularga belgilangan tartibda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun tegishli tartibda sudlarga yuborilgan.

Sudlarga yuborilgan ma’muriy huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha sudlar tomonidan jami 444.0 (to‘rt yuz qirq to‘rt million ) so‘m miqdorida jarima jazolari tayinlangan. Bundan tashqari, o‘tkazilgan reydlar natijasida 258 nafar haydovchi faoliyatini qonuniylashtirgan.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati