“Temiryo‘l vokzali -Sartepa maskani” yo‘nalishidagi tramvaylardan foydalanuvchi yo‘lovchilar diqqatiga!

Samarqand shahri, Buyuk ipak yo‘li hamda Amir Temur ko‘chasining kechishmasidagi tramvay yo‘lida elektr tizimida qisqa muddatli ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli 1-sonli “Temiryo‘l vokzali-Sartepa maskani” yo‘nalishidagi tramvaylar harakati vaqtincha to‘xtatiladi.
Tramvay harakati to‘xtagan vaqtda 4, 70, M1, 27-sonli shahar avtobus yo‘nalishidagi transport vositalaridan foydalanishni tavsiya etamiz.