Temiryo‘l vokzalidan Qorasuv massivigacha…

05.04.2024

Aholining jamoat transportiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, Qorasuv massivida yo‘lovchilar oqimi tobora ortib borayotganligi inobatga olinib, yangi, 141-raqamli shahar avtobus yo‘nalishi tashkil etildi.

Samarqand shahar Qorasuv massivini Temiryo‘l vokzali bilan bog‘lovchi 141-raqamli “Temiryo‘l vokzali - Qorasuv massivi” shahar avtobus yo‘nalishining harakat sxemasi quyidagicha: Temiryo‘l vokzali, Rudakiy, Gagarin, Go‘ro‘g‘li, Shiroq nomli ko‘chalar orqali 20-maktab, O‘zbekkenti mahallasi, Damariq, “O‘zbekkenti” ko‘chasi bilan Obod maskan mahallasida yo‘nalishni yakunlaydi.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi