Texnik nosozlik bartaraf etildi

11.08.2022

Joriy yilning 11-avgust kuni Feysbuk tarmog‘i foydalanuvchisi R.Ochilova o‘z sahifasida avtobuslarda o‘rnatilgan elektron to‘lov qabul qiluvchi validatorlarning ishlamasligi, haydovchining o‘ziga nisbatan qo‘polligi yuzasidan murojaat qoldirgan. Shuningdek, ushbu murojaat “Samarqand_LIVE” telegram guruhida ham chop etildi.

 

Jamoat transportida xizmat sifatini oshirish, yo‘lovchilarning murojaatlarini o‘z vaqtida hal qilish maqsadida viloyat transport boshqarmasi xodimlari holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borishdi.

 

Aniqlanishicha, holat 64-raqamli “Siyob ABB - Sattepo maskani” yo‘nalishida harakatlanuvchi, “Suxrobtransservis” MCHJga tegishli, davlat raqami 30/745 YEBA bo‘lgan avtotransport vositasida sodir bo‘lgan.

 

Haqiqatan ham 11-avgust kuni texnik sabablarga ko‘ra, mazkur avtobusda validator ishlamay qolgan. Mutaxassislar tomonidan olib borilgan tezkor tuzatuv ishlaridan so‘ng texnik nosozlik bartaraf etildi.

 

Nosozlik haqida korxona ma’muriyatiga o‘z vaqtida xabar bermaganligi hamda yo‘lovchiga qo‘pollik qilganligi uchun haydovchi D.I. bilan alohida suhbat olib borildi. Unda jamoat transporti haydovchisiga qo‘yilgan majburiyatlar tushuntirib o‘tildi.

 

“Suxrobtransservis” MCHJ rahbariyati yo‘l qo‘yilgan kamchilik uchun yo‘lovchidan uzr so‘raydi.

 

Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati