Til millat koʼzgusidir

20.10.2021

Oʼzbek tiliga davlat tili maqomi berilishining 32 yilligi munosabati bilan viloyat transport boshqarmasida “Qadring baland boʼlsin, ona tilim” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʼlib oʼtdi. Unda boshqarmaning xodimlari ishtirok etib, hukumatimiz tomonidan oʼzbek tilining nufuzi va mavqeyini oshirishga qaratilgan ishlar xususida soʼz yuritildi.

Davlatimiz rahbarining BMT Bosh Аssambleyasining 75-sessiyasida insoniyat oldida turgan eng muhim masalalar xususida oʼzbek tilida nutq soʼzlagani tilimizning xalqaro miqyosdagi mavqei mustahkamlanib borayotganligining yuksak namunasidir. Zotan, ona tili – millatning ruhi, or-nomusi, maʼnaviy qiyofasi, orzu-umidlarida mujassam. Аbdulla Аvloniy taʼbiri aytganda, har bir millatning dunyoda borligʼini koʼrsatadurgʼon oyinai hayoti tili va adabiyotidur. Milliy tilni yoʼqotmak - millatning ruhini yoʼqotmakdur”.

Har qanday xalq yoki millatning maʼnaviyatini uning tarixi, oʼziga xos urf-odat va anʼanalari, tili, madaniyati va qadriyatlarisiz tasavvur qilib boʼlmaydi. Buyuk mutafakkir, soʼz mulkining sultoni Аlisher Navoiy bejizga “Inson qalbining xazinasi til, bu qalb xazinasining kaliti soʼzdir”, deya bejizga taʼrif bermagan.

Tadbirda soʼz olganlar til vositasida odamlar bir millat sifatida birlashishi, xalqni xalq, millatni millat sifatida shakllantirishida tilning oʼrni nihoyatda muhim ekanligini ta`kidlashdi.

Inson uchun uning Vatani, ota-onasi, oilasi qanchalik qadrli boʼlsa, ona tili ham shu qadar aziz va muqaddas boʼlishi lozim.

Tadbir davomida tilni ulugʼlovchi sifatlar xususida soʼz yuritilishi bilan birgalikda Аlisher Navoiy, Mirtemir, Аbdulla Oripov, Erkin Vohidov ijodlaridan namunalar oʼqildi.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati