To`rt nafar talabgor ishga qabul qilindi

Samarqand viloyati transport boshqarmasi tizimidagi vakant lavozimlari uchun o‘tkazilayotgan ochiq mustaqil tanlovning navbatdagi suhbat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligida belgilangan malaka talablari va test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar ishtirok etdi.
Suhbat natijalariga ko`ra, 4 nafar talabgor ishga qabul qilindi.
Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati