To‘lov tizimidagi qulayliklar

26.07.2022

Samarqand shahar jamoat transportida “ATTO” elektron to‘lov tizimi joriy qilinganligi haqida xabar bergandik.

Buning afzallik jihatlari shundaki, endi siz “ATTO” yagona transport kartasi, Humo, Uzcard (yangisi), Viza, Mastercard hamda smartfonlar orqali (Play Marketdan “ATTO” ilovasini yuklab olib) yo‘l kira haqini to‘lash imkoniga egasiz.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi xodimlari joylarda mazkur elektron to‘lov tizimini ommalashtirish maqsadida yo‘lovchilar o‘rtasida tushuntirish-tashviqot ishlari olib borildi.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati