Tramvay harakati qayta tiklandi

01.03.2022

Samarqand shahrining Rudakiy va Beruniy ko‘chalari kesishmasidagi ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi munosabati bilan tramvay harakati to‘xtatilganligi haqida xabar bergandik.

Tramvay yo‘lidagi ta`mirlash ishlari nihoyasiga yetib, 1-mart sanasidan boshlab harakat qayta tiklandi.

Hozirda «Temiryo‘l vokzali-Sartepo maskani» yo‘nalishida 8 ta va «Temiryo‘l vokzali-Siyob bozori» yo‘nalishida 2 ta tramvay vagonlari yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati