Tramvay harakati vaqtincha to`xtatiladi

“Shimoliy” podstansiyasida transformator o‘rnatish, yacheyka va o‘chirib-yoqish uskunalarini yangilash ishlari olib borilayotganligi sababli bugun, 30-apreldan boshlab "Temiryoʻl vokzali - Sartepa massivi" hamda "Temiryoʻl vokzali-Siyob bozori" yoʻnalishidagi tramvaylar harakati ishlar yakuniga qadar toʻxtatiladi.
Tramvay harakati to‘xtatilgan vaqtda parallel yoʻnalishdagi avtobuslar xizmatidan foydalanishni tavsiya etamiz